ILMIY FIKRLAR TO‘QNASHUVI — “OLIMLAR MINBARI” LOYIHASI DOIRASIDA DOKTORANTLAR CHIQISH QILISHDI!

Bugun, 31-oktyabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida “Olimlar minbari” loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Tadbir bu safar doktorantlar ishtirokiga bag‘ishlanib, ilmiy izlanishlar, innovatsion g‘oyalar va yangi ilmiy hamkorlik tashabbuslari minbarda yangradi.

🔹 Loyihaning asosiy maqsadi — doktorantlarning ilmiy salohiyatini namoyish etish, ularning izlanish natijalarini keng jamoatchilikka taqdim etish hamda tajribali olimlar bilan ilmiy muloqot maydonini yaratishdan iborat bo‘ldi. Uni Institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Kurbanov Muzaffar Abdumutallibovich olib bordi.

🔹 Tadbir davomida doktorantlar o‘z dissertatsiya mavzulari doirasida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, ilg‘or yondashuvlar va amaliy natijalar haqida taqdimot o‘tkazdilar. Ularning chiqishlarida zamonaviy lingvistika, tarjimashunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va ta’lim texnologiyalariga oid dolzarb masalalar atroflicha yoritildi.

💬 Ishtirokchilar o‘zaro ilmiy fikr almashdilar, taklif va tavsiyalar bildirdilar hamda kelgusida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

🔺 Mazkur loyiha institutda ilmiy muhitni jonlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi g‘oyalarni rag‘batlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

✨ “Olimlar minbari” — bu faqat taqdimotlar emas, bu fikrlar to‘qnashuvi, ilmiy ruh va yangilanish maydoni sifatida o‘z ahamiyatini yanada oshirmoqda.

Andijon davlat chet tillari institutida 2025-yilga doktarantura (DSc/PhD) va stajor-tadqiqotchilik uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

DIQQAT E’LON!

Andijon davlat chet tillari institutida 2025-yilga doktarantura (DSc/PhD) va stajor-tadqiqotchilik uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

🎓DSc uchun:

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti – 2 ta;

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik – 2 ta;

10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi – 2 ta;

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) – 2 ta.

🎓PhD uchun:

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti – 4 ta;

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik – 6 ta;

10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi – 4 ta;

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) – 6 ta;

💼Stajor-tadqiqotchilik uchun:

10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti – 1 ta;

10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik – 1 ta;

10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi – 1 ta.